
Para dzyudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga 8 ta litsenziya qo‘lga kiritildi!
Xalqaro ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi tomonidan para dzyudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini beruvchi yakuniy reyting e’lon qilindi.
E’tiborlisi, ushbu reyting natijalariga ko‘ra 8 nafar o‘zbekistonlik para dzyudochi Frantsiya poytaxtida bo‘ladigan Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi. Batafsil:
Erkaklar
-60 kg Sherzod Namozov (J2)
-73 kg Uchqun Quronboev (J2)
-90 kg Dovurxon Karomatov (J2)
-73 kg Shoxrux Mamedov (J1)
-90 kg Turg‘un Abdiev (J1)
Ayollar
-57 kg Kumushxon Xodjaeva (J2)
-57 kg Uljon Amrieva (J1)
+70 kg Feruza Ergasheva (J1)
Ma’lumot uchun, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para dzyudo musobaqalari 5-7 sentyabr kunlari “Champ-de-Mars Arena”da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar