Para engil atletika. O‘zbekiston chempionatida yuqori natijalar qayd etildi

BEPUL PROPAN

Angren shahrida joylashgan “Yangiobod” sport bazasi mezbonlik qilgan para engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘z nihoyasiga etdi.

Rekord darajada sportchilar ishtirok etgan musobaqa har qachongidan ham qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Bundan tashqari, terma jamoamizning etakchi sportchilari ushbu musobaqa davomida bir qator rekordlarni va yuqori natijalarni qayd etganini alohida e’tirof etish lozim. Jumladan:

Nayza uloqtirish

Nurxon Qurbonova – 20.74 metr natija bilan Paralimpiya o‘yinlari rekordini 49 sm ga yangiladi yangiladi.
Shaxina Yigitalieva - 45,50 metr natija bilan dunyo reytingidagi eng yaxshi natijani (40.45 metr) 5.05 metrga yangiladi. 
Bobur Isomiddinov - 40.07 metr natija bilan dunyo reytingida kuchli oltilikka kiruvchi natijani qayd etdi. Ushbu sportchimiz joriy yil 17-26 may kunlari Kobe shahrida bo‘ladigan Jahon chempionatida ayni shu natijasini qayd etsa, Parij-2024 lisenziyasini qo‘lga kiritadi.

Yadro uloqtirish

Mohigul Hamdamova - 10.12 metr natija qayd etib o‘zining shaxsiy natijasini (9.31 metr) 1.19 metrga yaxshiladi.
Dilafruz Axmadxonova - 9.36 metr natija bilan dunyo reytingida 3-natijani qayd etdi. 
Kubaro Hakimova -10 metr natija bilan dunyo reytingidagi eng yaxshi natijani (9.90 metr) 10 sm ga yangiladi.
Muhammad Rixsimov - 14.84 metr natija bilan dunyo reytingida 2-natijani qayd etdi. 
Xusniddin Norbekov - 16.29 metr natija bilan 2024 yilgi mavsumda dunyoning eng yaxshi natijasini (15.37 metr) 92 sm ga yangiladi.
Nurxon Qurbonova - 7.92 metr natija bilan dunyo reytingida 2-natijani qayd etdi

Uzunlikka sakrash

Asila Mirzayorova - 5.11 metr natija bilan 2024 yilgi mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
Doniyor Saliev - 7.32 metr natija bilan 2024 yilgi mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
Omad Xasanov - 6.95 metr natija bilan 2024 yilgi mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
Yoqutxon Xolbekova - 5.61 metr natija bilan  2024 yilgi mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

Eslatib o‘tamiz, para atletlarimizni oldinda 17-26 may kunlari Yaponiyaning Kobe shahrida Jahon chempionati kutib turibdi. Ushbu musobaqa Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri lisenziya berishi bilan yanada ahamiyatlidir.

Baxtiyor Toshtemirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!