Asosiy mazmunga oʻtish

Para kanoe. Bugun 2 nafar vakilimiz jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Sportchilarimizga omad tilaymiz.

Bugun Kanada davlatining Galifaks shahrida para kanoe bo‘yicha jahon chempionati boshlanadi.

Musobaqaning dastlabki kunida 2 nafar hamyurtimiz startda chiqadi. Jumladan, ayollar o‘rtasida VL3 klassida Muxlisa Eshmirzaeva hamda erkaklar o‘rtasida KL3 klassida Hasan Qo‘ldoshev o‘z ishtirokini boshlaydi.
Muxlisa Eshmirzaeva saralashda Braziliya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yaponiya hamda mezbon Kanada vakillariga qarshi kurash olib borsa, Hasan Qo‘ldoshevga Italiya, Polsha, Avstraliya, Yaponiya, Nigeriya va Chililik sportchilar raqiblik qiladi.

Muxlisa Eshmirzaeva ishtirokidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da, Hasan Qo‘ldoshev ishtirokidagi bahs esa 19:05 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q