Para kanoe. Bugun yana 2 nafar hamyurtimiz jahon chempionatidagi yurishini boshlaydi

  • 4 avgust, 2022, 10:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Kanadaning Galifaks shahri para kanoe bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Tecno

Musobaqaning dastlabki kunida 2 nafar hamyurtimiz startga chiqadi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida VL3 klassida Haytmurod Sherqo‘ziev hamda ayollar o‘rtasida KL3 klassida Shaxnoza Mirzaeva o‘z ishtirokini boshlaydi.

Haytmurod Sherqo‘ziev saralashda Yangi Zellandiya, Argentina, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Urugvay hamda mezbon Kanada vakillariga qarshi kurash olib borsa, Shaxnoza Mirzaevaga Nigeriya, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Braziliya, Avstraliya va AQSh sportchilari raqiblik qiladi.

Haytmurod Sherqo‘ziev ishtirokidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:20 da, Shaxnoza Mirzaeva ishtirokidagi bahs esa 18:35 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Biz sportchilarimizga bo‘lajak bahslarda omad tilaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!