
Para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga yo‘l oldi
Joriy yilning 2-6 iyul kunlari Janubiy Koreyaning Chxunchxon shahrida para taekvondo bo‘yicha xalqaro ochiq chempionat bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining xabar berishicha, ushbu musobaqada ishtirok etadigan terma jamoamiz a’zolari Janubiy Koreyaga jo‘nab ketishdi.
Qayd etish lozimki, ushbu musobaqadan so‘ng para taekvondochilarimiz 7-14 iyul kunlari Janubiy Koreyada xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Fikrlar