Asosiy mazmunga oʻtish

Velosport

Para velosport bo‘yicha mamlakat chempionati yakunlandi

Kuchlilar saralandi.

28 iyun kuni start olgan para velosport bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bugun o‘z nihoyasiga etdi.

Mamlakatimizning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan 70 ga yaqin sportchi jami 10 ta klassda g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Yakunda g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va medallar bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

S5 klassida (erkaklar, vaqt poygasida)

1. Azimbek Abdullaev
2.Boymurod Yovqochev
3.Doston Xakimjonov

S2 klassida (erkaklar, vaqt poygasida)

1. G‘olibbek Mirzayorov
2.Abror Artikov
3.Bunyod Xaytmuhammadov

T2 klassida (ayollar, vaqt poygasida)

1. Odina Hamdamova
2.Zarina Haqberdieva
3. Nargiza Azizova

пара велоспорт (тақдирлаш)

1 / 14
Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q