
Paradzyudochilarimizning Osiyo va Okeaniya chempionatidagi dastlabki raqiblari ma’lum
Ertaga Qozog‘istonning Atirau shahrida paradzyudo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionatiga start berildi.
12 ta mamlakatdan 100 nafarga yaqin paradzyudochilar bellashadigan ushbu musobaqada O‘zbekiston paradzyudo terma jamoasi 11 kishilik tarkib bilan ishtirok etadi.
O‘zbekistonlik paradzyudochilari medallar hamda Tokio 2020 yo‘llanmasini beruvchi muhim reyting ochkolari uchun ham kurash olib boradilar.
Biroz avval yakuniga etgan qur’a natijalariga ko‘ra paradzyudochilarimizning dastlabki raqiblari nomi aniq bo‘ldi.
Erkaklar:
-60 kg: Sherzod Namozov – X. Nainggolan (Indoneziya)
-73 kg: Feruz Saidov – S. Kim (J. Koreya) / D.Enxtuya (Mongoliya)
-81 kg: Davurxon Karomatov – Ali Shanani (Eron) / D. Kim (J. Koreya)
-90 kg: Shuhrat Boboev – R. Sambuv (Indoneziya) / S. Park (J. Koreya)
-100 kg: Sharif Halilov – R. Kumar (Hindiston)
+100 kg: Shirin Sharipov – G. Choi (J. Koreya) / K. Sato (Yaponiya)
Ayollar:
-48 kg: Lobar Xurramova – L. Li (Xitoy)
-52 kg: Sevinch Salaeva – S. Lin (Xitoy Taypeyi)
-57 kg: Parvina Samandarova – M. Garini (Indoneziya)
-63 kg: Nafisa Sheripbaeva – P. Sharma (Hindiston)
-70 kg: Vasila Aliboeva – P. Vang (Xitoy)
Fikrlar