Asosiy mazmunga oʻtish

Yengil atletika

Paralimpiya. Para engil atletikachilarimiz BAAga yo‘l oldi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Matonatli sportchilarimizga omad tilaymiz.

Joriy yilning 22 fevral – 3 mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para engil atletika bo‘yicha xalqaro Gran-pri turniri bo‘lib o‘tadi.

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham 14-bor o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun BAAga jo‘nab ketishdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Dubaydagi musobaqa joriy yil 8-17 iyul kunlari Parijda bo‘ladigan jahon chempionati oldidan para engil atletikachilarimiz uchun muhim tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q