Paralimpiya. Server Ibragimov jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi!

  • 09.11.2022 17:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida para o‘q otish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborlisi, erkaklar o‘rtasida 10 metr masofaga pnevmatik topponchadan otish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Server Ibragimov 213.3 ochko jamg‘argan holda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

1- va 2-o‘rinlar esa Janubiy Koreya hamda Polsha vakillariga nasib etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!