Paralimpiya. Terma jamoamiz jahon kubogining jamoaviy dasturida ham sovrindor bo‘ldi

CHERY AUTO

Bugun Tbilisi shahri mezbonlik qilayotgan para pauerlifting bo‘yicha jahon kubogida ayollar o‘rtasida jamoaviy bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

E’tiborlisi, Aqidaxon Axtamova, Ruxshona O‘ktamova hamda Durdona To‘raevadan iborat jamoamiz 240 kg natija bilan yakunda 2-o‘rinni band etdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda oltin medal Braziliya terma jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, Chili terma jamoasi bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz a’zolari yakkalik dasturida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 6 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!