
Parij-2024. Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yana 5 ta litsenziya qo‘lga kiritildi!
O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan yo‘llanmalari soni yana 5 taga ko‘paydi. O‘zbekiston Rowing&Canoe federatsiyasining ma’lum qilishicha, aprel oyida Yaponiyada o‘tgan qit’aviy litsenzion turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan kanoechimiz Nilufar Zokirova hamda baydarkachilar Ekaterina Shubina va Shaxriyor Mahkamov qo‘shimcha dasturlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Federatsiyaning ma’lum qilishicha, sportchilarimiz Parij-2024 Olimpiadasida quyidagi yangi dasturlarda ham startga chiqishlari mumkin:
K1 500 metr: Nilufar Zokirova
S1 200 metr: Ekaterina Shubina
S2 500 metr: N.Zokirova / E.Shubina
K2 500 metr: N.Zokirova / E.Shubina
S1 1000 metr: Shaxriyor Mahkamov
Shu tariqa, baydarka va kanoechilarimiz qo‘lga kiritgan yo‘llanmalar soni 8 taga etdi. Bunga qadar 3 nafar vakilimiz Frantsiya poytaxtida bo‘ladigan o‘yinlarga litsenziya qo‘lga kiritgan edi:
Shaxriyor Mahkamov (baydarka, yakkalik) - 1000 m
Nilufar Zokirova (kanoe, yakkalik) - 200 m
Ekaterina Shubina (baydarka, yakkalik) - 500 m
Fikrlar