Asosiy mazmunga oʻtish

Olimpizm

"Parij-2024". Svetlana Osipova Olimpiya o‘yinlari finalida!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

O‘zbek taekvondosida yangi tarix

O‘zbek taekvondosida yangi tarix: Svetlana Osipova Olimpiya o‘yinlari finalida!

Joriy Olimpiya o‘yinlari ham o‘zbek taekvondosi uchun qator yutuqlar bilan tarixda qoladigan bo‘ldi. Endi taekvondochi qizlarimiz orasida ham Olimpiada sovrindori bor. Terma jamoamiz a’zosi Svetlana Osipova final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, Olimpiada medalini naqd qildi. 

Hamyurtimiz yarim finalda taekvondo vatini vakili, janubiy koreyalik Li Dabindan ustun keldi. Barakalla, Sveta!

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q