Parij-2024 Ziyodaxon Isoqova yarim finalda!

Hozirgina para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida -47 kg vazn toifasida hamyurtimiz Ziyodaxon Isoqova chorak final jangini o‘tkazdi. Neytral sportchi Zakiya Xudadadiga qarshi bahsda 4:3 hisobida vakilimizning qo‘li baland keldi.

Ziyodaxon Isoqova ishtirokidagi yarim final janggi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:37 da boshlanadi. Hamyurtimizning bu bosqichdagi raqibi tailandlik Kvansuda Puangkitcha bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!