
Parijliklar “Real” yulduzini katta pul bilan yo‘ldan urmoqchi bo‘ldi
“Pari Sen-Jermen” klubi bir necha oy mobaynida “Real” hujumchisi Vinisius Juniorni yo‘ldan urishga harakat qilgani oshkor bo‘ldi.
Parijliklar braziliyalik futbolchiga madridliklar bilan yangi shartnoma tuzmasdan, PSJga o‘tishi uchun har mavsum 40 million evrolik maosh, katta miqdorda bonus va moliyaviy loyihalarda ishtirok etish huquqini taqdim qilishga va’da bergan ekan.
Chempionlar ligasi finalida “Liverpul” darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritgan Vinisiusning amaldagi shartnomasi ikki yildan keyin yakunlanadi. Ayni paytda “Qirollik klubi” bu yulduz bilan hamkorlikni kamida 2026 yilning yozigacha uzaytirmoqchi.
“Real” unga turli bonuslar bilan birga har mavsum uchun 10 million evro maosh to‘lashni taklif qilmoqda.
Fikrlar