
Paulo Dibala uchun yil yakuniga etdi!
"Roma" futbolchisi Paulo Dibala seshanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va Italiyadagi bir nechta manbalar argentinalik futbolchi 2023 yil oxirigacha safga qaytmasligini yozmoqda. Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, hujumchining chap soni shikastlangan. Shu sabab u kamida uch hafta maydonga tusha olmaydi.
Shu tariqa, 30 yoshli forvard "Sherif" va "Bolonya"ga qarshi o‘yinlardan tashqari "Napoli" va "Yuventus"ga qarshi muhim bahslarda ham jamoasiga yordam bera olmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Paulo joriy mavsum A Seriyaning 11 o‘yinida 4 gol va 6 assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar