
Paulo Kosta jang qilmaydi. Xamzat Chimaevga raqib izlanmoqda!
“UFC 294” turnirining 2-markaziy jangida oktagonga ko‘tariluvchi Xamzat Chimaev (12-0) va Paulo Kosta (14-2) jangi bo‘lmaydi. To‘g‘rirog‘i, braziliyalik Kostaning tirsagidan olgan jarohati tufayli, u jangdan echildi.
Uning o‘rniga zahira jangchisi sifatida kim Xamzatga raqib bo‘ladi, xozircha noma’lum. Raqiblar o‘rganilmoqda va tez orada bu rasman e’lon qilinadi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Eslatib o‘tamiz, Xamzat Chimaev yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasidan o‘rta vazn (83,9 kg) toifasiga ko‘tarildi va ushbu divizionda jang o‘tkazadi.
Fikrlar