
"Paxtakor" – "Qizilqum". Cheran bugun Tojiev natijasini yangilashi mumkin
Bugun Superliganing 25-turida "Paxtakor" o‘z maydonida "Qizilqum"ga qarshi maydonga tushadi.
Jamoalar oliy ligada 2000 yilgi mavsumdan boshlab to‘qnash kelishni boshlgan. Ilk bahs Zarafshon shahrida o‘tib, unda 1:1 hisobi qayd etilgan. Mezbonlardan Aleksey Nikolaev, "Paxtakor"dan Sobir Xodiev gol muallifiga aylangan.
O‘zaro uchrashuvlarda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi Zayniddin Tojiev sanaladi. U "Qizilqum" darvozasiga 8 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Dragan Cheran 7 gol muallifi bo‘lgan. Stanislav Andreev va Igor Sergeev hisobida 6 tadan to‘p mavjud. Aleksandr Geynrix va Odil Ahmedov 5tadan, Anvar Soliev hamda Kaxi Maxaradze 4tadan golga mualliflik qilgan.
Aleksey Nikolaev har ikki jamoa tarkibida raqib darvozasiga to‘p kiritgan futbolchi hisoblanadi. U 2000 yil "Paxtakor", 2003 yil "Qizilqum"ga gol urgan.
O‘zaro o‘yinlar to‘purarlari
8 - Zayniddin Tojiev
7 - Dragan Cheran
6 - Stanislav Andreev, Igor Sergeev
5 - Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov
4 - Anvar Soliev, Kaxi Maxaradze.
Fikrlar