“Paxtakor” — “Lokomotiv” uchrashuvi 16 mart sanasiga ko‘chirildi

  • 6 mart, 2019, 15:18
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliga-2019 1-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Lokomotiv” uchrashuvi 8 mart, juma kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. 

Tecno

Mazkur ikki klub xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotganidan xabaringiz bor. Osiyo Chempionlar ligasini muvaffaqiyatli boshlagan jamoalarimiz ilk turda 1 durang va 1 g‘alaba qayd etishdi. “Lokomotiv” o‘z maydonida “Al Vahda”ni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Paxtakor” safarda “Persepolis” bilan durang qayd etdi. 

Qayd etish joizki, kelasi haftada ham mazkur jamoalar xalqaro maydonda rasmiy uchrashuvlarini o‘tkazadi. “Lokomotiv” 11 mart kuni Qatarda “Al Rayyan” mehmoni bo‘lsa, “Paxtakor” uyda 12 mart kuni Saudiyaning “Al Ahli” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.  

Har ikki jamoamizning OChL doirasida 1 hafta davomida 1 ta safar va 1 ta uy o‘yini o‘tkazishi, mazkur o‘yinlar oralig‘ida futbolchilarning jismonan toliqmasdan, xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishini ta’minlash maqsadida “Paxtakor” jamoasining murojaatiga asosan Coca Cola Superliga 1-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Lokomotiv” uchrashuvi 16 mart – zaxira kuniga ko‘chirildi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Тохиржан Холмирзаев
06/03/2019 17:37
Пастаяный шунакаку пахта локо ПФЛни 1тийинга олмайди 2 та уйин утказиб чарчаб колишибдими нима килиб булса хам ПАХТАНИ чемпион килиш Уфа ни максади э улганинг яхши
&
kuperlox
06/03/2019 15:44
хали мавсум бошланмай туриб толикиб колишадими??? нима Европа клубларида уйнайдиганларнинг лойи бошка жойдан олинганми??? улар танаффуссиз 70 талаб уйин утказишади мавсумда... хакикий профессионал футболчи бундай таквимга тайер булиши керак! шунинг учун терма жамоамиз осие кубогида факат 1 тайм уйнай олишини курсатиб куйди. авайланглар севимлиларингни...