"Paxtakor" - "Lokomotiv". Jamoalar qanday liboslarda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

  • 5 mart, 2019, 23:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliga nomi ostida o‘tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab beriladi. Bunda mezbon jamoaning o‘z maydonida muxlislari qarshisida to‘p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi.

Tecno

Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg‘u berildi.

1-turning dastlabki kunida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. “Qizilqum” Navoiyda “Andijon”ni qabul qiladi. Mazkur o‘yinda navoiylik futbolchilar qizil-qizil-qizil rangdagi liboslarda harakat qilishadi. Mehmonlar esa oq-oq-oq rangdagi formada maydonga chiqishadi.

1551802034

Shuningdek, turning markaziy bellashuvida “Paxtakor” o‘z maydonida “Lokomotiv”ga qarshi bahs olib boradi. “Sherlar” uchrashuvni sariq- to‘q ko‘k rangdagi futbolka, to‘q ko‘k shorti va to‘q ko‘k getrilarda o‘tkazishadi. “Temiryo‘lchilar” jamoasi a’zolari esa maydonga to‘liq qizil rangli liboslarda chiqib kelishadi.    

15518020341

1-tur

8 mart, juma

17:00 QIZILQUM — ANDIJON 

19:00 PAXTAKOR — LOKOMOTIV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!