"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuviga 45000 muxlis tashrif buyurganini bilasizmi? O‘yinda kiritilgan gollar ham chiroyli bo‘lgan (Video)

  • 31 mart, 2021, 18:36
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

2002 yilgi mavsumda "Qizilqum" o‘z tarixidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazgan. O‘shanda ukrainalik mutaxassis Sergey Shevchenko qo‘l ostida o‘ynagan "Qizilqum" safida bir qator mahoratli futbolchilar to‘p tepgan. Beloshapka, Nikolaev, Bayramov, Dub, Vintovkin, Xabibulin, Idiatullin singari mahoratli o‘yinchilar jamoaning bronza medallarini qo‘lga kiritishiga hissa qo‘shishgan. O‘shanda 6-turda "Paxtakor" va "Qizilqum" Toshkentda to‘qnash kelgan. Birinchi davraning markaziy bellashuvlaridan birini poytaxtdagi stadiondan kuzatish uchun ko‘plab ishqibozlar tashrif buyurgan. Uchrashuv 4:0 hisobida "sherlar"ning g‘alabasi bilan yakunlangan. Quttiboev, Jeparov, Kapadze va Kiryan tomonidan kiritilgan to‘plar "Paxtakor"ning yirik yutug‘ini ta’minlagan. Kapadze va Kiryanning gollari juda chiroyli bo‘lganini o‘yinni tomosha qilib ko‘rib olishingiz mumkin.

"PAXTAKOR" - "QIZILQUM" - 4:0 (1:0)
2002 yil, 12 aprel. "Paxtakor" stadioni. 45000 tomoshabin.
Hakam: Bobur Haydarov.
Gollar: Quttiboev, 28 - 1:0. Jeparov, 52-pen - 2:0. Kapadze, 75 - 3:0. Kiryan, 84 - 4:0.
"Paxtakor": Ignatiy Nesterov, Baxtiyor Ashurmatov, Gochguli Gochguliev, Qayrat O‘taboev, Vitaliy Jalilov, Leonid Koshelev, Server Jeparov, Anvar Soliev, Aleksandr Geynrix (Yuriy Nikitkov, 80), Temur Kapadze (Vladislav Kiryan, 75), Ne’matillo Quttiboev (Zayniddin Tojiev, 54).
"Qizilqum": Boris Beloshapka, Yuriy Vintovkin, Stanislav Proxorov, Sergey Dub, Aleksey Nikolaev, Spartak Murtazoev, Renat Bayramov, Farid Xabibulin, Marsel Idiatullin, Marat Axmerov (G‘ayirbek Xudoyberganov, 57), Pavel Gulmanov (Denis Bakalidis, 49).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!