“Paxtakor” 1 sentyabr kuni “Navbahor” bilan o‘ynaydi

  • 27 avgust, 2020, 21:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Coca Cola Superliganing II davra uchrashuvlari karantin qoidalari yumshatilganidan kelib chiqib, uy-safar tizimida o‘tishini ma’lum qilgandi. 

Tecno

Sir emaski, “Paxtakor” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etish uchun 10 sentyabr kuni Qatarga yo‘l oladi. Shu bois, Superliga uchrashuvlarini to‘liq yakuniga etkazish uchun O‘zPFL “Paxtakor” klubining 10 sentyabrga qadar 3 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushishi kerakligini ma’lum qildi va rejaga kiritdi. Bu haqda tashkilot rasmiy xabar tarqatdi. Bunda “Paxtakor” ketma-ketlikda “Navbahor”, “Buxoro” va “Metallurg” klublariga qarshi kurash olib borishi kerak.

"O‘FA Terma jamoalar markazi 3 sentyabr kuni Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bor ekanidan kelib chiqib, “Buxoro” va “Navbahor” jamoalari ketma-ketligini o‘zgartirishni so‘radi. Ammo “Buxoro” klubi markazlashtirilgan musobaqada qolgan jamoalardan bitta ko‘proq o‘yinda maydonga tushgani, shuningdek, klubni bir qator futbolchilar tark etganidan kelib chiqib, mazkur taklifga rozi bo‘lmadi. O‘z navbatida “Paxtakor” klubi Qatar safari oldidan Namangan yoki Muborakda emas, yaqinroq hududda uchrashuv o‘tkazishi to‘g‘riroq bo‘lishi, shundan kelib chiqib, ketma-ketlikni taqvim bo‘yicha belgilash to‘g‘ri bo‘lishini ma’lum qildi. O‘zPFL klublarning bu takliflarini hurmat qiladi", - deyiladi xabarda.

Shundan kelib chiqib, uchrashuvlar quyidagi sanalarga belgilandi:

1 sentyabr, 19:00 “Navbahor” — “Paxtakor”

5 sentyabr, 18:00 “Buxoro” — “Paxtakor”

8 sentyabr, 19:00 “Metallurg” — “Paxtakor”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!