"Paxtakor" 2 ta transferni e’lon qildi. Ularning ikkisi ham "Lokomotiv"dan o‘tdi (Foto)

  • 02.08.2019 18:21
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

Tajribali futzalchi Farhod Abdumavlonov "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston terma jamoasi safida Osiyo chempionatida kumush va bronza medallariga ega chiqqan, ko‘p marta O‘zbekiston chempioniga aylangan va O‘zbekiston Kubogi sohibi bo‘lgan Abdumavlonov endi "Paxtakor" sharafini himoya qiladi. U avvalgi klubi "Lokomotiv"ni erkin agent sifatida tark etib, "sherlar" bilan 2020 yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

photo_2019-08-02_16-54-33

Shuningdek, "Paxtakor" ayollar jamoasi Superliganing ikkinchi bosqichi arafasida tarkibiga yangi futbolchi qo‘shib oldi.

Avval "Lokomotiv" safida o‘ynagan yarim himoyachi Zuhra Berdieva endi "Paxtakor" safida maydonga tushadi. Ikkinchi bosqich boshlanishidan avval "Paxtakor" tarkibini Berdieva bilan to‘ldirdi. Dastlabki uchrashuvni "sherlar" 5 avgust kuni "Lokomotiv"ga qarshi safarda o‘tkazadi va Zuhra jamoadagi debyutini sobiq klubiga qarshi o‘tkazishi mumkin.

photo_2019-08-02_17-51-44

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абвгд
02/08/2019 20:02
Админла ёмонсила