
"Paxtakor-79" xotirasiga bag‘ishlangan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadiganlar nomi ma’lum
1979 yil 11 avgust kuni Dneprodzerjinsk osmonida halokatga uchragan "Paxtakor" jamoasi halokatiga 40 yil bo‘ladi.
"Paxtakor" futbol klubi o‘zbek futbolida yorqin iz qoldirgan jamoa vakillarini xotirlash maqsadida bir necha tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik. Tez orada kinofilm tayyor bo‘ladi va barchaga taqdim etiladi. Asosiy tadbir sanalgan o‘rtoqlik uchrashuvi esa 11 avgust kuni "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Soat 19:00da badiiy dastur boshlansa, 20:00da ishqibozlar "Paxtakor" stadionida O‘zbekiston va sobiq SSSR faxriy futbolchilari ishtirokida o‘rtoqlik o‘yiniga guvoh bo‘lishadi.
Bellashuvda ishtirok etuvchilar ro‘yxati bilan tanishing.
"Paxtakor": 1. Aleksey Roshin, 2. Pavel Bugalo, 3. Murod Aliev, 4. Denis Ivankov, 5. Farhod Magometov, 6. Gennadiy Denisov, 7. Mirjalol Sobirov, 8. Islom Ahmedov, 9. No‘’mon Hasanov, 10. Bobur Shodiev, 11. Sobir Xodiev, 12. Abdusamad Do‘rmonov, 13. Igor Shkvirin, 14. Jasur Abduraimov, 15. Azamat Abduraimov, 16. Shuhrat Maqsudov, 17. Ilhom Sharipov, 18. Ja’far Irismetov, 19. Ravshan Bozorov, 20. No‘’mon Nurmatov, 21. Shota Arveladze, 22. Gocha Tkebuchava, 23. Mirjalol Qosimov, 24. Oleg Sobirov, 25. Aleksandr Xvostunov, 26. Yorqin Nazarov, 27. Aleksandr Tixonov, 28. Sergey Lebedev, 29. Marat Kabaev, 30. Vasilis Xadzipanagis.
Jamoa boshlig‘i – To‘lagan Isoqov
Bosh murabbiy - Birodar Abduraimov
Faxriy mehmonlar: 1. Narimon Jalolov, 2. Vilgelm Qahhorov, 3. Vladimir Shtern, 4. Nikolay Lyubartsev, 5. Vyacheslav Soloxo, 6. Evgeniy Valitskiy, 7. Eldor Aminov, 8. Razzoq Turg‘unov, 9. Ahrol Inoyatov, 10. Ahmad Ubaydullaev, 11. Rustam Mirsodiqov, 12. To‘ra Shoymardonov, 13. Mustafo Bilolov.
SSSR terma jamoasi: 1. Otar Gabeliya, 2. Kuralbek Ordabaev, 3. Vladimir G‘ulomhaydarov, 4. Vladimir Bessonov, 5. Igor Belanov, 6. Aleksey Mixaylichenko, 7. Aleksandr Zavarov, 8. Vagiz Xidiyatullin, 9. Valeriy Kechinov, 10. Valeriy Shmarov, 11. Dmitriy Kuznetsov, 12. Ramiz Mamedov, 13. Ruslan Nigmatullin, 14. Aleksandr Mirzoyan, 15. Andrey Emanov, 16. Kurban Berdiev, 17. Vladimir Gutsaev, 18. Aleksandr Chivadze, 19. Andrey Kanchelskis, 20. Aleksandr Mostovoy.
Fikrlar