"Paxtakor" chempionatdagi eng yirik g‘alabasini "Qizilqum"ga qarshi qayd etgan

  • 24 may, 2024, 13:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 9-turida "Paxtakor" o‘z uyida "Qizilqum"ni qabul qiladi.

Chempionat doirasida jamoalar 48 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlarda ustunlik "sherlar" tarafida. 41 bahsda yutgan "Paxtakor" 6 bor durang o‘ynagan va bir marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 136 gol urilib, 29 to‘p o‘tkazilgan.

Toshkentdagi o‘yinlarning 21tasida "Paxtakor" g‘alaba qozonib, 2 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. Navoiy jamoasi oxirgi bor safarda 2010 yil ochko olgan - 0:0. O‘z maydonida "Paxtakor" 8 bor ushbu raqibni yirik natija bilan taslim qilgan. 2007 yil Navoiyda o‘tgan bellashuvda "sherlar" mezbonlar ustidan 11:0 hisobida zafar quchishgan. O‘shanda "Paxtakor" hozirgacha chempionatdagi eng yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Ushbu bahsni navoiyliklardan Akaki Shulaya diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradi.

"Paxtakor" va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 25 may, shanba kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!