“Paxtakor” etakchisi qachon safga qaytadi?

  • 2 aprel, 2023, 13:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” klubi a’zosi Sherzod A’zamov 2022 yilning kuzida jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Futbolchi “Nasaf”ga qarshi bellashuvda jarohat olgandi. Shundan beri u davolanayotgandi.

Tecno

IMG_2685

Ayni paytda Sherzodning ahvoli ancha yaxshi va u tez orada safga qaytishi kutilmoqda. Klub matbuot xizmati Sherzod yakka tartibda mashg‘ulotlarni boshlab yuborganini ma’lum qildi.

Toshkentliklar bosh murabbiyi Maksim Shatskix ushbu yo‘qotishning o‘rnini Doston Tursunov bilan to‘ldirib kelmoqda.

2017 yildan beri "sherlar" safida o‘ynayotgan himoyachi Sherzod A’zamovning "Paxtakor" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!