
"Paxtakor" "gollar" shousi"da "Metallurg"dan ustun keldi (video)
Yangi mavsum uchun tayyorgarlik olib borayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi kecha Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Jamoalar bo‘limlari 35 daqiqadan davom etgan ikki bellashuvda maydonda harakat qilishdi. Birinchi o‘yinda Akmal Shorahmedov kiritgan to‘p yagona bo‘ldi.
Ikkinchi uchrashuv esa gollarga boy bo‘ldi. Dastlab bekobodliklar Purishkin va Sattorovning gollari evaziga oldinga chiqib olishdi. Shundan so‘ng to‘liq tashabbusga erishgan “sherlar” raqib darvozasini 7 bor ishg‘ol qildi. Jasur Hakimov xet-trik, Sobit Sindarov dubl qayd etdi. Kamoliddin Tojiev va Azim Ahmedov hisobiga bittadan gol yozib qo‘yishdi.
Klub matbuot xizmati esa ushbu o‘yinda kiritilgan gollar videosini taqdim etdi.
Fikrlar