
"Paxtakor" Markaziy Osiyo derbisida qo‘shib berilgan daqiqalarda urilgan yagona gol evaziga zafar quchdi
O‘rtoqlik uchrashuvi doirasida "Paxtakor" Qozog‘istonning "Qayrat" klubiga qarshi maydonga chiqdi. Ushbu bellashuvda "sherlar" minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Garchi, mezbonlar ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, Quvvatov hamda himoyachilar ishonchli o‘ynadi. 90+2-daqiqada esa "Paxtakor" legioneri Pshemislav Banashak gol urib, o‘yinda hisobni ochdi va bu gol hamyurtlarimizga Markaziy Osiyo derbisida g‘alaba keltirdi.
Fikrlar