"Paxtakor" nazorat oʻyinida Ukraina klubi bilan murosa koʻchasini tanladi
2026 yilgi mavsumga tayyorgarlikning 2-qismini ham Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan Toshkentning "Paxtakor" klubi bugunning o‘zida ikkinchi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi. Bu galgi raqib Ukrainaning "Obolon" jamoasi boʻldi. Qiziqarli kechgan bahsda jamoalar durangga imzo chekdi. "Sherlar"ning yagona goliga Rustam Turdimurodov mualliflik qildi.
Fikrlar