"Paxtakor" nimaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi?
Jurnalistning javobi!
SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘zining telegram kanalida "Paxtakor"ning "Al-Ayn"dan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyati haqda post qoldirdi.
Superligada futbolchilar mahorati va Cheran effekti evaziga "Paxtakor" muammolarni echishga juda o‘rganib qolgan ekan.
Bugun xalqaro darajadagi o‘yinda bu faktorlar ish bermasligi aniq edi. Kecha Babayan o‘yinga strategiyani to‘g‘ri tanlagani qo‘l kelgan bo‘lsa, Berdiev ikkinchi taymda o‘zgarishlar bilan g‘alabani ta’minlagan edi.
Aynan o‘sha xalqaro o‘yinlardagi tajribaning "Super Maks"da yo‘qligi bugungi o‘yinda ko‘rinib qoldi. OChL bu boshqa olam. Buni anglash uchun Shatskixga mana bunday o‘yinlar kerak, ammo "Paxtakor"ga emas.


Izohlar (0)