"Paxtakor" Superliga umumiy jadvalida peshqadamlikni mustahkamladi
"Sherlar" 16-chempionlikni qo‘lga kiritgan mavsumda chempionatlarning umumiy jadvalida ta’qibchilardan yanada ilgarilab oldi.
Jami 932 o‘yinda maydonga tushgan "Paxtakor" 635 g‘alaba, 152 durang va 145 mag‘lubiyat qayd etgan holda 2057 ochko jamg‘argan. Raqib darvozasiga umumiy 2073 gol urilib, 779 to‘p o‘tkazib yuborilgan. "Sherlar" eng ko‘p g‘alaba qozongan, eng ko‘p to‘p kiritgan va eng ko‘p ochko jamg‘argan holda etakchilik mavqeini mustahkamlab bormoqda. Bir o‘yinda o‘rtacha 2,2 ochkoga ega chiqilgan. Bu borada keyingi pog‘onada borayotgan "Neftchi" bilan o‘rtadagi farq kattalashmoqda. Jamoamiz farg‘onaliklarga nisbatan 143 ta ko‘proq zafar quchib, 442 ta ko‘proq gol urishga erishgan. Ochkolar farqi esa 435taga etdi.

"Paxtakor" Superligada 16 karra chempionlikka sazovor bo‘lgan va mustaqillik davrida O‘zbekistonning eng ko‘p sovringa ega chiqqan jamoasi sanaladi. "Sherlar"ning umumiy sovrinlari soni 33tani tashkil etmoqda.
"Paxtakor" matbuot xizmati.



Fikrlar
.
Хали спортга хам навбат
КЕЛАДИ