"Paxtakor" Turkiyaga yo‘l oldi

  • 3 yanvar, 2018, 18:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning "Paxtakor" klubi yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turkiyaning Belek shahriga o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun jo‘nab ketdi.

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha "sherlar"ning dastlabki xorij yig‘ini 21 yanvargacha davom etadi. Yig‘in davomida 7, 11, 15 va 20 yanvar kunlari nazorat uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilgan. Yig‘inga 25 futbolchi olib ketildi. "Paxtakor"ning O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilari esa Xitoydagi Osiyo chempionatidan so‘ng klub ixtiyoriga kelib qo‘shilishadi.

Ushbu yig‘inga quyidagi futbolchilar yo‘l olishgan:

Darvozabonlar - Aleksandr Lobanov, Eldor Suyunov, Umid Hamroev.

Himoyachilar - Vladimir Kozak, Stanislav Andreev, Marko Simich, Kamoliddin Tojiev, Alisher Salimov, Sherzod A’zamov, Farruh Sayfiev, Akmal Shorahmedov.

Yarim himoyachilar - Akbar Ismatullaev, Doston Ibrohimov, Azim Ahmedov, Rostin Griffits, Tiago Bezerra, Gidi Kanyuk, Jahongir Ahmadov, Jamshid Iskanderov, Sobit Sindarov, Jaloliddin Masharipov, Bahrom Abdurahimov, Dilshod Rahmatullaev.

Hujumchilar - Jasur Hakimov, Shohrux Maxmudhojiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!