"Paxtakor" Vladimir Kozak bilan xayrlashdi

  • 17 fevral, 2021, 11:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" klubi rasmiy "Telegram" sahifasi jamoa sharafini bir necha yil himoya qilgach, Olmaliqning AGMK jamoasiga ko‘chib o‘tgan Vladimir Kozak bilan xayrlashdi:

Tecno

"Yarim himoyachi Vladimir Kozak erkin agent sifatida jamoamizni tark etdi.

Akademiya tizimidan boshlab, asosiy tarkibgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan futbolchi ikki tomon kelishuviga ko‘ra, erkin agent sifatida klubimizni tark etdi. 2009 yildan asosiy tarkibda o‘ynashni boshlagan Kozak hozirga qadar Superligada "Paxtakor" tarkibida 209 bahsda 21 gol urishga erishgan. Chempionlar Ligasi va ichki kubok musobaqalarida 80ga yaqin uchrashuvda jamoamiz safida maydonga tushgan. U 5 marta O‘zbekiston chempionati, 3 bor O‘zbekiston Kubogi va bir bor Liga Kubogida g‘olib chiqqan.

Biz Vladimir Kozakka keyingi faoliyatida omad tilaymiz. Barchasi uchun rahmat!", - deb yozadi klub rasmiy sahifasi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!