
"Paxtakor"ning Eron klublariga qarshi statistikasi chakki emas
"Paxtakor" Osiyo klublari musobaqalarida Eron jamoalari bilan 21 marta to‘qnash kelgan.
"Traktor" bilan "sherlar" ikkinchi bor to‘qnash keladi. Hozirga qadar Eronning jami 8 klubiga qarshi klublar musobaqalarida to‘qnash kelingan. 2016 yil "Traktor" bilan bellashuvlarda jamoalar o‘z maydonida zafar quchgan. Tabrizda 2:0, Toshkentda 1:0 natijasi qayd etilgan. "Paxtakor"dan gol Igor Sergeev hisobiga yozilgan.
Eronliklarga qarshi bellashuvlarda "sherlar" ijobiy natijalar qayd etib keladi. Jami 21 bellashuvning 14tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Ikki o‘yinda durang qayd etilib, raqiblar 5 bor g‘alaba qozongan. Raqib darvozasiga 30 to‘p kiritilib, 19 gol o‘tkazib yuborilgan. Toshkentda 10 uchrashuvning barchasida "sherlar" ustun kelgan. Raqiblar darvozalariga 18 gol urilib, 4 to‘p o‘tkazib yuborilgan.
Eron jamoalariga qarshi o‘yinlardagi natijalar:
"Zobaxan" - 2:0, 0:1
"Naft" - 2:1, 1:1
"Saba" - 2:1, 2:0
"Sepaxan" - 2:1, 0:2
"Traktorsozi" - 1:0, 0:2
"Fulad" - 2:0, 3:1
"Istiqlol" - 2:1, 2:4, 2:1
"Persepolis" - 1:0, 1:1, 1:0, 0:2
"Shahr Xodro" - 3:0, 1:0
Fikrlar