"Paxtakor"ning OChLdagi o‘yini yaqinlashmoqda. "Sherlar"ning BAA klublari bilan o‘yinlari statistikasi qanday?
Chempionlar Ligasida "Paxtakor" BAA jamoalariga qarshi 17 uchrashuvda maydonga tushgan.
17 bellashuvning 11tasida "sherlar" g‘alaba qozonib, 3tadan o‘yinda durang va raqiblar muvaffaqiyati kuzatilgan. 29 to‘p kiritgan toshkentliklar o‘z darvozasidan 15 gol o‘tkazib yuborgan. Toshkentda o‘tgan 8 bahsning 5tasida mezbonlar zafar quchgan, bir durang va ikki mag‘lubiyat qayd etilgan. Safardagi 9 bahsda ham "Paxtakor" ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etgan: 6 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat. "Paxtakor" BAA klublariga qarshi to‘qnashuvlarda o‘ziga xos ijobiy tajribaga ega deb aytish mumkin.
Jamoa hozirga qadar BAA klublaridan "Ahli", "Vahda", "Ayn", "Baniyas", "Shabab", "Jazira" va "Nasr"ga qarshi uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan. "Ahli" va "Shabab" birlashishidan avval o‘tkazilgan bahslarda "Paxtakor" 6 uchrashuvdan 5tasida zafar quchib, bir bor mag‘lubiyatga uchragan.
"Al Ahli": 3:2, 1:0, 2:0, 2:1
"Al Vahda": 4:0, 1:1
"Al Ayn": 1:0, 3:2, 0:1, 1:1
"Baniyas": 1:1, 0:2
"Al Shabab": 1:0, 1:2
"Al Jazira": 3:1, 3:0
"Al Nasr": 2:1
Fikrlar