"Paxtakor"ning OChLdagi yagona g‘alabasini ta’minlagan Po‘latxo‘ja Xoldorxonov: Birinchi o‘yindayoq to‘p kiritganimdan judayam hayajonga tushdim

  • 30.04.2021 12:41
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Kecha "Paxtakor" OChL guruh bosqichidagi oxirgi turni o‘tkazdi. "Sherlar" Iroqning "Eyr Fors" jamoasi bilan kuch sinashdi va 1:0 hisobida zafar quchishdi.

Ushbu golga 79-daqiqada Po‘latxo‘ja Xoldorxonov mualliflik qildi. Bu OChLda toshkentliklarning joriy yilgi mavsumdagi ilk g‘alabasidir. 

"Paxtakor" safida debyut o‘yinidayoq gol urishga erishgan Xoldorxonov bellashuv to‘g‘risida taassurotlarini aytib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Jamoa bilan g‘alabadan xursandmiz. Ikkinchi bo‘limda hujumlarni ko‘paytirdik va oxiri to‘p kiritishga erishdik. Buning uchun jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Maydonga tushayotgan paytim barcha meni qo‘llab-quvvatladi, bundan ruhlanib gol urishni juda istagandim. Birinchi bahsdayoq to‘p kiritganimdan judayam hayajonga tushdim. O‘sha lahzada meni hissiyotlar chulg‘ab olgandi, - Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!