Peddi Pimblett: "Aleksandr Volkanovski engil vazndagi kamar uchun jang qilishi mumkin"

  • 05.01.2026 14:31
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC ning engil vazn toifasi reytingida beshinchi o‘rinni egalab turgan Peddi Pimblett yarim engil vazn chempioni Aleksandr Volkanovskining keyingi rejalarini taxmin qildi.

"Agar men Justin Getjini, Volkanovski esa Diego Lopesni mag‘lub etsa, intriga yana-da oshadi. Engil vazn unvoni menda bo‘lsa, Aleksandr bunga qo‘shimcha kamarni qo‘lga kiritish uchun ideal imkoniyat, deb qaraydi va bitta yuqori divizionga ko‘tariladi. Biroq uni hurmat qilsam ham, avstraliyalikka qarshi oktagonga chiqishni istamayman. E’tiborimni undanda kuchliroq da’vogarlarga qarataman", - dedi Peddi Tom Aspinall bilan podkastda.

Eslatib o‘tamiz, Pimblett va Getji 25 yanvar kuni "UFC 324" turnirida, Volkanovski va Lopes 1 fevral "UFC 325" turnirida o‘zaro to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!