Peddi Pimblett: "Arman Tsarukyangа hamma narsa tayyor holda kelgan, u nonushtada ikki ming dollarik ikra eydi"
Anliyalik UFC jangchisi Peddi Pimblett ehtimoliy raqiblari haqida gapirdi.
"Kontraktga kimning ismi yozilsa, o'sha bilan oktagonga chiqaman. Bu Arman bo'ladimi, Iliyami, Charlzmi yoki Jastin – umuman farqi yo'q. Hozircha qo'limda imzolangan shartnoma yo'q, lekin mamnuniyat bilan Topuriyaga qarshi jang qilardim. Uni shunday mag'lub etayki, qaytib engil vaznga ko'tarilmasin. Rostini aytsam, "Matador"ni hurmat qilaman, lekin Tsarukyanni emas. Unga hamma narsa tayyor holda kelgan, nonushtada ikki ming dollarlik ikra eydi. U oddiygina boy bola", — dedi Peddi .
Eslatib o'tamiz, Pimblett "UFC 329" turnirida Benoa-Sen Denini 1 raunddayoq sabmishn orqali taslim etgandi.

Fikrlar