Peddi Pimblett: "Jastin Getji menga qarshi 3 raunddan ortiq bardosh berolmaydi"

  • 17.01.2026 09:17
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Angliyalik UFC jangchisi Peddi Pimblett bo‘lajak raqibi - amerikalik Jastin Getji bilan qonli jang o‘tkazishni xohlamoqda.

Tecno

"Bu to‘qnashuv Adesanya va Gastelum o‘rtasidagi jang kabi kechishini juda xohlardim. Men mushtlar bilan kurashishni yoqtiraman. Biroq menimcha, Jastin menga qarshi 3 raunddan ortiq bardosh berolmaydi. Ochig‘i, buni tasavvur ham qilolmayapman. Hatto "stoyka"da ham undan ancha kuchliman", - dedi Peddi.

Eslatib o‘tamiz, Pimblett va Getji qarama-qarshiligi 25 yanvar kuni "UFC 324" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!