Peddi Pimblett mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan jangchini tanqid qildi
Britaniyalik Paddi Pimblett (23-3) UFC rossiyalik Movsar Evloev(19-0)ga nima uchun chempionlik jangi berilmayotganini tushuntirdi.
"Evloev kurashib ustingizga chiqadi va shunchaki yotadi, hatto zarba ham bermaydi. Shu bois hech kim uning janglarini ko‘rishni xohlamayapti. Movsarning uslubi juda zerikarli", - dedi Paddi Tom Aspinall bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Pimblett 24 yanvar kuni "UFC 324" turnirida Justin Getjiga qarshi engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempionligi uchun oktagonga chiqadi.
Fikrlar