Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Pedri: «Dembele «PSJ»da o‘zining haqiqiy darajasini ko‘rsatdi»

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Barselona» futbolchisi Pedri Usman Dembeleni barqaror oʻyini uchun maqtab, uni «Oltin toʻp» sohibiga tenglashtirdi.

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri Chempionlar ligasi doirasida «PSJ»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan Usman Dembelening o‘yini haqida fikr bildirdi.

Jamoalar o‘rtasidagi bahs 20 oktyabr, seshanba kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

«Usman meni doimo hayratda qoldirgan. U mashg‘ulotlarda oddiy futbolchi qila olmaydigan ishlarni bajarardi. Men unga doimo o‘ziga xos ekanini va ajoyib iqtidorga ega bo‘lganini aytardim.

«PSJ»ga o‘tganidan keyin u o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qildi — biz haqiqiy Dembeleni ko‘rdik. «Barselona»da ham u o‘z mahoratini ko‘rsatardi, ammo bu faqat ayrim o‘yin epizodlarida kuzatilardi. Unga barqarorlik yetishmasdi. O‘yinidagi izchillikni topgach, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kirita oldi.

Men uchun u nafaqat jahon darajasidagi futbolchi, balki ajoyib do‘st hamdir. U bilan birga o‘ynash men uchun katta zavq edi», — deya Pedrining so‘zlarini Barca Universal nashri keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Usman Dembele 2017–2023 yillarda «Barselona» sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng u «PSJ» safiga ko‘chib o‘tgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q