Pedri jarohatlardan qochish sirini aytdi
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jismoniy holati va barqaror oʻyin koʻrsatish sirlari haqida fikr bildirdi.
"Jarohatlardan imkon qadar qochishim uchun yetishmayotgan jihat — jismoniy tayyorgarlik kalitini topdik. Menga kerak boʻlgan barqarorlikka erishdim. Zaldagi kuch mashqlari berayotgan natijalar hayratlanarli", — dedi Pedri "Barça Universal" nashriga.
23 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi.
2 may kuni "Barselona" La Liganing 34-turida safarda "Osasuna"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi 00:00'da boshlanadi.

Fikrlar