Pedri mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?
La Liganing 8-turida "Barselona" "Sevilya" mehmoni bo‘lib, 4:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan keyin Pedri o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugun nima natog‘ri ketdi? Rostini aytsam, ko‘p narsalar. Ular ancha yopiq o‘ynashdi va biz buni yorib o‘ta olmadik, himoyada shiddat etishmadi. Xatolarimizni ko‘rib chiqishimiz, va aniqki, murabbi bilan ularni tuzatish ustida ishlashimiz kerak.

Birinchi taymni yomon o‘tkazdik. Oldin bunchalik yomon o‘ynamagandik. FIFA kunlaridan keyin bu xatolar qaytarilmasligi uchun nimani yaxshilashimiz kerakligini ko‘rib chiqishimiz kerak", - dedi yarim himoyachi.
Ma’lumot uchun, "Barsa"ni oldinda "Jirona", "Olimpiakos" va "Real"ga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi.
Fikrlar