Pedri PSJga qarshi o‘yin haqida: "Qaysi jamoa maydon markazida ustunlik qilsa, g‘alaba uchun imkoniyati oshadi"

  • 30 sentabr, 18:36
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri PSJ ga qarshi uchrashuvdan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

Tecno

"O‘tgan mavsumda PSJ nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ydi. Ertaga bizni ajoyib o‘yin kutmoqda va biz undan zavqlanish uchun maydonga tushamiz. Ikkala jamoa ham to‘pga egalik qilishni xohlaydi. Maydon markazida kim ko‘proq ustunlik qilsa, o‘yinda g‘alaba qozonish imkoniyati oshadi. Hansi Flik jamoaga kelganidan so‘ng, biz jasur jamoaga aylandik.

"Barselona" va PSJ Chempionlar ligasi favoritlari. Bu eng yaxshi o‘yinlardan biri bo‘ladi", - dedi Kataloniya klubi yarim himoyachisi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va PSJ jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 1 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!