Pedri: "Real"ga oson bo‘lmaydi

  • 04.04.2022 03:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri "Sevilya"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi. 

"Sevilya" juda yaxshi klub. Qiyin o‘yin bo‘ldi, ammo g‘alaba qozona oldik. "Barsa"da faqat men emas, hamma etakchi. Biz bir jamoamiz va faqat oldinga intilamiz. 

Ayni vaqtda pressingda yaxshi ishlayapmiz va sovuqqonlk bilan harakat qilyapmiz. Yangi kelganlar jamoani sezilarli darajada kuchaytira oldi. 

La Ligada chempion bo‘lish qiyin ishligini sezib turibmiz. Biroq biz "Barselona"miz va birinchi o‘rin uchun kurashishimiz shart. "Real"ga ham oson bo‘lmaydi", - dedi Pedri.  

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar "Sevilya"ni o‘z maydonida 1:0 hisobida mag‘lub etdi. 19 yoshli pleymeyker mazkur bahsda g‘alaba golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!