Pedroni vataniga chorlashmoqda
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Pedro yana Ispaniyaga qaytishi mumkin. Xabarlarga qaraganda, 32 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Betis" jiddiy qiziqish bildirmoqda. La Liga klubi hatto uning agenti bilan ham bog‘langan.
Ta’kidlash kerakki, Pedroning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va u erkin agentga aylanadi. Unga shuningdek "Latsio" va "Roma" kabi A Seriya klublaridan ham takliflar bor.
Pedro joriy mavsum “Chelsi” safida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar