
Penalti tepishda Ronaldu zo‘rmi yoki Messi?
Futbol uchrashuvlari vaqtida 11 metrlik belgidan zarba berish futbolchidan katta mas’uliyat talab etadi. Biroq etakchi o‘yinchilar har doim bu vazifasini o‘z zimmalariga olib kelishadi.
“An-Nasr” yulduzi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati doirasida “Al-Ittifoq” darvozasini penaltidan ishg‘ol qildi va jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga zamin yaratdi.
Statistika ekspertlari darrov Ronaldu va uning ashaddiy raqobatchisi Lionel Messining nuqtadan gol urish bo‘yicha ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqdi.
Unga ko‘ra, 39 yoshli portugaliyalik futbolchi professional faoliyati davomida 195 marotaba penalti tepgan va zarbalarining 165 tasi raqib darvozasi to‘ridan joy olgan. Xususan, Saudiya Arabistoniga kelganidan beri 16 ta penaltining barchasini aniq amalga oshirgan.
Lionel Messi esa 140 marotaba 11 metrlik nuqtadan zarba bergan. Argentinalik to‘purar hisobidagi gollar soni 109 tani tashkil qilmoqda.
Xo‘sh, penaltidan gol urishga Ronaldu usta ekanmi yoki Messi?
Fikrlar