Pentek faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin

  • 27.01.2020 00:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Milan" klubi forvardi Kshishtov Pentekning agenti o‘z mijozining xizmatlarini "Chelsi"ga taklif qildi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “aristokratlar” 24 yoshli polshalik futbolchini tez orada “Inter”ga o‘tishi kutilayotgan frantsiyalik hujumchi Olive Jiru o‘rniga sotib olishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Pentekka shuningdek "Tottenxem"dan ham qiziqishlar bor.

Ma’lumot uchun, Pentek joriy mavsum A Seriyada jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 4 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!