
Pep Gvardiola: Chempionlikka juda yaqin keldik
“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Stok Siti”ga qarshi (2:0) kechgan o‘yindan keyin o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Chempionlikka juda yaqin keldik. Hisobimizda 81 ochko mavjud va bu juda ko‘p. Ajoyib o‘yin ko‘rsatdik, raqib birorta ham xavfli vaziyat yarata olmadi. Oldinda uch haftalik tanaffus bor. Abu-Dabida yig‘in o‘tkazib kelamiz.
David Silva bugun zo‘r o‘ynadi. U o‘yin sur’atini nazorat qildi. Chempion bo‘lish qiyin va bizning klubda sovrinlar ko‘p emas. Chempionlikni tezroq rasmiylashtirib, e’tiborni terma jamoalarga qaratish kerak”, – dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar