Per-Emerik Obameyang Frantsiya klubining taklifiga rozilik bildirdi

"Chelsi" futbolchisi Per-Emerik Obameyang "Marsel" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, hujumchi yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnomaga rozilik bildirgan. Seshanba kuni u tibbiy tekshiruvdan o‘tadi va shundan so‘ng transfer rasman e’lon qilinishi mumkin bo‘ladi. 

Obameyang bugun Germaniyaga uchib ketadi. U erda gabonlik iste’dod sohibi "Marsel" bazasiga borib qo‘shilishi kutilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!