Peres 150 million evrolik transferga tayyor: nomzodlar ma'lum bo'ldi
PSJ yarim himoyachilari Vitin'ya va Joau Neves hamda "Bavariya" qanot hujumchisi Maykl Olise Florentino Peres qiziqish bildirayotgan futbolchilar qatorida ekani aytilmoqda.
Avvalroq "Real" prezidenti yaqin vaqt ichida Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi top-klub futbolchilaridan biri uchun kamida 150 million yevro taklif qilishini ma'lum qilgandi.
As nashri xabariga ko‘ra, gap ehtimolan Vitin'ya, Neves yoki Olise haqida ketmoqda. Shu bilan birga, Peres fransuz futbolchisi ushbu taklif tayyorlanayotgan o‘yinchi emasligini ta'kidlagan.
Shunga qaramay, madridliklar qaysi futbolchi uchun rekord darajadagi taklif tayyorlayotgani hozircha aniq emas.

Fikrlar